Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.04.2025

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — "Siyosat") foydalanuvchilar tomonidan aHOST savdo belgisi ostida taqdim etilayotgan veb-sayt, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanishda taqdim etiladigan shaxsiy ma’lumotlarning yig‘ilishi, foydalanilishi, saqlanishi va himoyasi tartibini belgilaydi. aHOST — bu "SUVAN NET" MCHJ'ga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya hisoblanadi.

Xizmatlarimizdan foydalanish orqali Siz ushbu Siyosat shartlariga rozilik bildirasiz.

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasi "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son Qonuni va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan.

1.2. aHOST savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi "SUVAN NET" MCHJ foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va himoya qilishda yuqoridagi Qonun talablariga qat’iy amal qiladi.

1.3. Shaxsiy ma’lumotlar deganda bevosita yoki bilvosita aniqlangan jismoniy shaxsga oid har qanday axborot tushuniladi.

1.4. Shaxsiy ma’lumotlar operator tomonidan qonuniylik, adolat, mutanosiblik va maxfiylik tamoyillariga amal qilgan holda qayta ishlanadi.

 

2. Yig‘iladigan ma’lumotlar tarkibi

2.1. aHOST xizmatlaridan foydalanishda quyidagi ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin:

  • F.I.O.;
  • Elektron pochta manzili;
  • Telefon raqami;
  • Yuridik/yashash manzili;
  • IP-manzil, brauzer va qurilma ma’lumotlari;
  • To‘lov ma’lumotlari;
  • Pasport ma’lumotlari, STIR, JShShIR.

2.2. Bundan tashqari, cookie-fayllar va tahliliy vositalardan foydalanilgan holda shaxssizlashtirilgan ma’lumotlar ham yig‘ilishi mumkin.

 

3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari

3.1. Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi:

  • Xosting, domenlar ro‘yxatga olish, SSL sertifikatlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
  • Foydalanuvchini identifikatsiyalash;
  • Xalqaro reyestrlar va ICANN talablari bajarilishini ta’minlash;
  • To‘lovlarni amalga oshirish va hisob-fakturalarni chiqarish;
  • Foydalanuvchi bilan xizmatlar bo‘yicha aloqa qilish;
  • Xizmatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash;
  • Marketing xabarnomalari yuborish (rozilik asosida);
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish.

 

4. Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash shartlari

4.1. Shaxsiy ma’lumotlar avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan vositalar orqali qayta ishlanadi.

4.2. Ma’lumotlar O‘zbekiston hududida yoki shaxsiy ma’lumotlar himoyasi yetarli darajada ta’minlangan davlatlarda joylashgan serverlarda saqlanadi.

4.3. Ma’lumotlar xizmatdan foydalanish to‘xtatilganidan so‘ng 5 yilgacha saqlanishi mumkin (agar qonunchilikda boshqacha belgilangan bo‘lmasa).

 

5. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish

5.1. Shaxsiy ma'lumotlar quyidagi holatlardan tashqari uchinchi shaxslarga uzatilmaydi:

  • Domenlar ro‘yxatga olish (xalqaro va milliy reyestrlarga WHOIS ma’lumotlarini taqdim etish);
  • Qonun talablari asosida;
  • Vakolatli davlat organlari so‘rovi bo‘yicha;
  • Xizmatlarni kompleks ko‘rsatishda kontragentlarga (maxfiylik sharti bilan);
  • Foydalanuvchining roziligi asosida.

 

6. Foydalanuvchi huquqlari

Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • Qayta ishlash maqsadi, usuli va muddati haqida ma’lumot olish;
  • O‘z ma’lumotlarini kurish huquqini so‘rash;
  • Ularni o‘zgartirish yoki o‘chirishni talab qilish;
  • Qayta ishlashga rozilikni bekor qilish;
  • Operator harakatlaridan vakolatli organlarga shikoyat qilish.

 

7. Ma’lumotlarni himoya qilish

7.1. Biz quyidagi xavfsizlik choralari orqali ma’lumotlarni himoya qilamiz:

  • SSL shifrlash texnologiyasi;
  • Autentifikatsiya va avtorizatsiya tizimlari;
  • Xodimlar uchun cheklangan kirish huquqlari.

 

8. Cookie fayllar va tahlil

8.1. Biz cookie fayllardan sayt ishlashini yaxshilash va tahlil qilish maqsadida foydalanamiz. Siz ularni brauzer sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, ammo bu sayt funksiyalarining cheklanishiga olib kelishi mumkin.

 

9. Siyosatga o‘zgartirishlar

9.1. Siyosatga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz. Yangilangan versiya saytga joylashtiriladi va kuchga kirgan sanasi ko‘rsatiladi.

 

10. Aloqa

Agar sizda ushbu Siyosat bo‘yicha savollar bo‘lsa, biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:

"SUVAN NET" MCHJ
Manzil: Toshkent shahri, Olmachi ko‘chasi, 25-uy
Elektron pochta: info@suvan.net
Telefon: +998 78 113-44-54