Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[29.08.2025]

«AHOST» kompaniyasi barcha Yurtdoshlarni O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi va Yurtimizga tinchlik, osoishtalik va farovonlik tilaydi.

 

Bayram munosabati bilan ofis 2025 yil 30 avgustdan 31 avgustgacha yopiq bo‘ladi. Ofis faoliyati 1 sentyabrdan qayta tiklanadi.

Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi reglamentga muvofiq kechayu kunduz ishlashda davom etadi.

Bayraminigiz muborak bo‘lsin!

batafsil
 
[26.08.2025]

Mijozlarimiz uchun ajoyib yangilik. Endi Thawte SSL EV (Extended Validation) sertifikatlari 50% chegirma bilan, DigiCert vendori tomonidan taqdim etilgan mislsiz taklif asosida mavjud.

Yangi narx: 1 927 500 so‘m.

Bundan tashqari, biz ushbu sertifikatlarni tezlashtirilgan tartibda chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquqni oldik. Sertifikatlar atigi 48 ish soati ichida chiqariladi.

batafsil
 
[13.06.2025]

Hurmatli abonentlar!

Bizning o‘zimizga tegishli ma'lumotlar markazida joylashgan yangi xizmat — VDS (Virtual Dedicated Server) ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

- O‘zingizga mos virtual mashinani tanlang (CPU, RAM, SSD)

- Resurslarni istalgan vaqtda oshiring — hech qanday to‘xtalishlarsiz

- Ishonchli bulutli muhitda barqaror ish

- Arzon narxlar va sifatli texnik qo‘llab-quvvatlash

Xizmatni saytimiz orqali buyurtma qilishingiz mumkin.

batafsil
 
[05.06.2025]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

 

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami — Qurbon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin. Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan: 2025-yil 5-iyun kuni ofis 17:00 gacha ochiq, 6-iyun kuni 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi, texnik qo‘llab-quvvatlash kechayu kunduz ishlaydi.

batafsil
 
[02.06.2025]

Hurmatli abonentlar!

Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, endi yana UPay to‘lov tizimi orqali xizmatlarimiz uchun to‘lov amalga oshirish mumkin. Endi siz domenlar, xosting, SSL va boshqa xizmatlar uchun to‘lovni tez va qulay tarzda UPay orqali bajara olasiz.

UPay orqali to‘lov qilganingizda, ularning shartlariga muvofiq sizga keshbek (pulni qaytarish) taqdim etiladi. Bu to‘lovni yanada foydaliroq qiladi!

To‘lovni shaxsiy kabinetda yoki buyurtma rasmiylashtirish vaqtida amalga oshirishingiz mumkin.
Savollar tug‘ilsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati doimo aloqada.

batafsil
 
[08.05.2025]

Aziz vatandoshlar va qadrli mehmonlar!

Sizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Erkinlik va tinchlik yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasi abadiy va muqaddas bo’lsin.

Vatan ozodligi uchun kurashgan barcha fidoyilarni, avlodlarini hamda butun xalqimizni ushbu muhim sana bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Barchangizga tinch va musaffo osmon, farovonlik, mustahkam sog‘liq va ravnaq tilaymiz!

 

Bayram munosabati bilan, 08.05.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil