Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[27.03.2025]

Biz o‘z bonus valyutamiz — XPni ishga tushirdik! Uni xizmatlarimiz uchun to‘lov qilishda ishlatishingiz mumkin! 1 XP = 1 so‘m.

XP quyidagilar uchun beriladi:

✅ 1% keshbek — domenlar va hosting xizmatlari uchun to‘lovlardan so‘ng.
✅ Bayram sovg‘alari — har bir bayram va tug‘ilgan kun uchun 10 000 XP.
✅ Taqrizlar — har bir halol taqriz uchun 25 000 XP.
✅ Ijtimoiy tarmoqlarga obuna — har bir kanalga obuna uchun 5 000 XP.
✅ Do‘stlarni taklif qilish — taklif etilgan do‘stlarning har bir to‘lovidan 1%.
✅ Progresiv keshbek — xizmatlarimiz uchun umumiy xarajatlardan 4% gacha aytariladi.
✅ Auktsion domenlari — har bir yutib olingan domen uchun 1% keshbek.

batafsil
 
[23.03.2025]

Joriy yilda SUVAN NET kompaniyasi aHOST brendi ostida muhim bosqichni nishonlamoqda — muvaffaqiyatli faoliyatining 15 yilligi!

Bu yillar davomida biz rivojlandik, ilg‘or texnologiyalarni joriy etdik, servisni yaxshiladik va siz — mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan birga ulg‘aydik.

Ushbu 15 yil davomida:

  • Minglab loyihalarga ishonchli xosting topishda va barqaror ishlashda yordam berdik.
  • Saytlarni tez va xavfsiz joylashtirish uchun kuchli infratuzilma yaratdik.
  • Sizni 24/7 qo‘llab-quvvatlashga tayyor mutaxassislar jamoasini shakllantirdik.

aHOST’ni tanlaganingiz uchun rahmat!

Oldinda yanada ko‘proq yutuqlar, yangi yechimlar va yoqimli syurprizlar kutmoqda. Biz bilan qoling — eng yaxshisi hali oldinda!

batafsil
 
[20.03.2025]

Aziz yurtdoshlarimiz va qadrli mexmonlarimiz!

Sizni yangilanish va yosharish bayrami – «Navro’z» ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Ushbu fayzli kun sizga quvonch, iliqlik va hamjihatlik olib kelsin! Uyingizda farovonlik, muhabbat va baxt hukm sursin, yuragingiz esa umid va ilhom bilan to‘lsin!

Sizga ishlaringizda muvaffaqiyat, mustahkam sog‘liq va barcha ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz! Tabiatning yangilanishi hayotingizga yangi imkoniyatlar va baxtli onlarni olib kelsin!

Navro’z ayyomi barchamizga muborak bo’lsin!

 

Bayram munosabati bilan, 20.03.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[07.03.2025]

Aziz, go'zal va mehribon Oʻzbekiston ayollari!

Sizni 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Bu kun siz qanchalik aziz, qanchalik muhim va naqadar ajoyib ekanligingizni aytish uchun yana bir sababdir!

Siz – oilaning yuragi, uyning iliqligi va butun dunyo uchun ilhom manbasisiz. Hayotingiz yanada quvonchli daqiqalar, sevgi, g'amxo'rlik va baxtga to'lsin! Ko'zlaringiz quvonch bilan porlasin, qalbingiz iliqlikka to'lsin va orzularingiz osongina va chiroyli tarzda amalga oshsin!

 

Bayram munosabati bilan, 07.03.2025 ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[28.12.2024]

Hurmatli obunachilar, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kompaniyamizning ish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilganligi eʼlon qilinadi:

31.12.2024 dan 01.01.2025 gacha ofisimiz yopiladi. Savdo bo'limi ishlamaydi.

Ofisimiz 02.01.2025 da ochiladi.
Shu kunlarda texnik yordam bo'limi texnik qo'llab-quvvatlash qoidalariga muvofiq ishlaydi.

batafsil
 
[28.12.2024]

Sizni 2025-yil Yangi yilingiz bilan tabriklaymiz! Yangi yilda yangi uchrashuvlarni, qiziqarli loyihalarni, faqat ijobiy his-tuyg'ularni va quvonchli yangiliklarni tilaymiz. Biz hamkorligimizni qadrlaymiz va munosabatlarimizni yanada rivojlantirishga umid qilamiz.

Sizga yangi yilda sog'lir, baxt va ravnaq tilaymiz.

batafsil