
Aziz o‘qituvchilar va murabbiylar!
Sizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, minnatdor shogirdlar, yangi yutuqlar, oilaviy baxt va ilhom tilaymiz!
Olijanob mehnatingiz doimo quvonch keltirsin, siz ulashayotgan bilimlar esa O‘zbekistonni yanada kuchli, ma’rifatli va farovon qilsin!
Sabr-toqatingiz, donoligingiz va kelajak avlodni tarbiyalashdagi beqiyos hissangiz uchun sizlarga rahmat!
Bayram kunlaridagi ish jadvali
Yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan ofisimiz ish jadvalidagi o‘zgarishlar haqida xabar beramiz:
- 30 sentyabr — qisqartirilgan ish kuni, 17:00 gacha.
- 1 oktabr — ofis qisqartirilgan rejimda, 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati belgilangan reglamentga muvofiq kecha-yu kunduz ishlashda davom etadi.
Tushunganingiz uchun rahmat, sizlarga yoqimli bayram kunlarini tilaymiz!
Hurmat bilan, aHOST jamoasi
