Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[11.09.2025]

Biz .com.uz, .org.uz, .net.uz, .co.uz domen zonalarining ro‘yxatdan o‘tkazish, uzaytirish va neymserverlarni almashtirish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirdik.

Endi siz domeningizni mustaqil ravishda kechayu kunduz kutilish va kechikishlarsiz ro‘yxatdan o‘tkazishingiz, uzaytirishingiz va boshqarishingiz mumkin.

Hammasi avtomatik ravishda tez, qulay va kunning istalgan vaqtida amalga oshadi.

batafsil
 
[05.09.2025]

Endi Thawte OV Wildcard SSL sertifikatini noyob narxda xarid qilishingiz mumkin — atigi 3 021 000 so‘m, avvalgi narx 6 042 000 so‘m o‘rniga.

Biz narxni 50% ga tushirdik, bu esa bizning DigiCert kompaniyasining platina hamkori maqomimiz tufayli mumkin bo‘ldi.

Bizdan xarid qilganingizda, siz Thawte, DigiCert, RapidSSL va GeoTrust sertifikatlarini bevosita vendordan olasiz va O‘zbekistonda eksklyuziv texnik qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lasiz.

SSL-sertifikatlar birinchi qo‘ldan — ishonchli va foydali!

batafsil
 
[05.09.2025]

2025 yil 2 sentyabrdan boshlab SUVAN NET kompaniyasi (aHOST va ALLDomains savdo markalari) rasmiy ravishda yuqori darajadagi .KZ va .ҚАЗ domenlarida akkreditatsiyadan o'tdi.

Biz O‘zbekistondan birinchi bo‘lib .KZ hamda .ҚАЗ zonalarida akkreditatsiyaga ega bo‘ldik.

Endi mijozlarimiz Qozog‘iston domenlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri — birinchi qo‘ldan, vositachilarsiz ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

batafsil
 
[29.08.2025]

«AHOST» kompaniyasi barcha Yurtdoshlarni O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi va Yurtimizga tinchlik, osoishtalik va farovonlik tilaydi.

 

Bayram munosabati bilan ofis 2025 yil 30 avgustdan 31 avgustgacha yopiq bo‘ladi. Ofis faoliyati 1 sentyabrdan qayta tiklanadi.

Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi reglamentga muvofiq kechayu kunduz ishlashda davom etadi.

Bayraminigiz muborak bo‘lsin!

batafsil
 
[26.08.2025]

Mijozlarimiz uchun ajoyib yangilik. Endi Thawte SSL EV (Extended Validation) sertifikatlari 50% chegirma bilan, DigiCert vendori tomonidan taqdim etilgan mislsiz taklif asosida mavjud.

Yangi narx: 1 927 500 so‘m.

Bundan tashqari, biz ushbu sertifikatlarni tezlashtirilgan tartibda chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquqni oldik. Sertifikatlar atigi 48 ish soati ichida chiqariladi.

batafsil
 
[13.06.2025]

Hurmatli abonentlar!

Bizning o‘zimizga tegishli ma'lumotlar markazida joylashgan yangi xizmat — VDS (Virtual Dedicated Server) ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

- O‘zingizga mos virtual mashinani tanlang (CPU, RAM, SSD)

- Resurslarni istalgan vaqtda oshiring — hech qanday to‘xtalishlarsiz

- Ishonchli bulutli muhitda barqaror ish

- Arzon narxlar va sifatli texnik qo‘llab-quvvatlash

Xizmatni saytimiz orqali buyurtma qilishingiz mumkin.

batafsil
 
[05.06.2025]

Аziz yurtdoshlar va hurmatli hamkasblar!

 

Samimiyat bilan sizlarni ulug' va muqaddas bayrami — Qurbon Hayit ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Oilaviy quvonch va totuvlik doimiy xamrohingiz bo'lsin. Yurtimizda tinchlik, osoishtalik xonadonimizni fayzu baraka tark etmasin.

 

Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan: 2025-yil 5-iyun kuni ofis 17:00 gacha ochiq, 6-iyun kuni 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi, texnik qo‘llab-quvvatlash kechayu kunduz ishlaydi.

batafsil