.UZ domen zonasiga 30 yil — Toshkentda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Nashr sanasi: 
29.04.2025

2025-yil 29-aprel kuni Toshkent shahrida milliy .UZ domen zonasining 30 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi sifatida Yagona integrator UZINFOCOM chiqdi.

Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Chexiya, Hindiston va boshqa ko‘plab mamlakatlardan mehmonlar va ishtirokchilar qatnashdi. Spikerlar domen boshqaruvi, raqamli transformatsiya va IT-infratuzilma sohalaridagi dolzarb tendensiyalar va yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi.

 

SUVAN NET kompaniyasi, ya'ni aHOST brendi ostida tanilgan brendimiz ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. Bizning bosh direktorimiz Suvanov Artur konferensiyada spiker sifatida so‘zga chiqdi.

U o‘tgan yildagi asosiy yutuqlarimiz haqida so‘zlab berdi:

- Toshkentda o‘zimizning ma'lumotlar markazini ishga tushirish;

- ICANN akreditatsiyasini olish — SUVAN NET O‘zbekistondagi birinchi ICANN-registratoriga aylandi;

- alldomains.uz platformasining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi — xalqaro domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zamonaviy yechim.

 

.UZ domen zonasining rivojiga va O‘zbekistonning raqamli ekotizimiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyati uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

 

.UZ zonasining yubileyi bilan barchani tabriklaymiz! Sizga yangi yutuqlar va raqamli makonda barqaror taraqqiyot tilaymiz!