aHOST — Markaziy Osiyoda Nominet a’zosi bo‘lgan birinchi kompaniya

Nashr sanasi: 
09.11.2025

Biz mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, aHOST brendi ostida faoliyat yurituvchi SUVAN NET kompaniyasi, rasmiy ravishda Britaniya .uk domen zonasini boshqaruvchi reyestri - Nominet tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Ushbu voqea aHOSTni Markaziy Osiyoda Nominet a’zoligini olgan birinchi kompaniyaga aylantirdi.

 

Nominet tashkiloti 1996-yilda asos solingan bo‘lib, .uk domen zonasini va unga aloqador boshqa domenlarni boshqaruvchi notijorat tuzilmadir. Nominet a’zoligi kompaniyalarga internet infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etish, ovoz berish jarayonlarida qatnashish, tahliliy hisobotlar va soha bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash olish, hamda dunyo domen sanoatining yetakchi mutaxassislari bilan professional hamjamiyatga kirish imkonini beradi.

 

SUVAN NET uchun Nominet a’zoligi xalqaro miqyosdagi malaka va ishonchliligimizning e’tirofidir. Biz Nominetga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz va global domen sanoati kelajagini shakllantirayotgan professional hamjamiyatning bir qismi bo‘lish imkoniyatidan faxrlanamiz.

 

Nominet a’zoligi bizga xalqaro reyestrlar va registratorlar bilan hamkorlik qilish, rivojlanish dasturlarida ishtirok etish, tajriba almashish va eng yaxshi jahon amaliyotlarini joriy etish imkoniyatlarini ochadi. Bu aHOSTning domen ro‘yxatdan o‘tkazish, xosting va resellers hamda veb-studiyalar uchun xizmatlar sohasida xalqaro ishtirokini mustahkamlash strategiyasidagi muhim qadamlardan biridir.

 

Kompaniyamizning Nominetdagi a’zoligini quyidagi rasmiy sahifada tekshirishingiz mumkin: https://registrars.nominet.uk/uk-namespace/registrar-agreement/list-of-members/