Kompaniya aHOST iRegistry GmbH reyestridan .ONL domen zonasida akkreditatsiya oldi. Ushbu zamonaviy va universal domen zonasi internetdagi faoliyat bilan bog‘liq barcha loyihalar uchun yaratilgan bo‘lib, biznes, hamjamiyatlar, shaxsiy sahifalar, media va e-commerce loyihalari uchun juda mos keladi.
Akkreditatsiya munosabati bilan reyestr maxsus vaqtinchalik chegirma taqdim qildi.
.ONL domenini 1 yilga ro‘yxatdan o‘tkazish narxi atigi 49 000 so‘m. Taklif vaqt bilan cheklangan.
.ONL domen zonasi “online” so‘zining global va oson taniladigan ekvivalenti sifatida yaratilgan. U universal bo‘lib, qidiruv tizimlari tomonidan to‘g‘ri talqin qilinadi; Google kabi servislar .ONL ni “online” sifatida qabul qiladi va tegishli natijalarni shakllantirishda buni inobatga oladi. Bu esa loyihalarga kerakli auditoriyani jalb qilish va boshqalardan ajralib turishga yordam beradi.
“Online” so‘zining sodda va tushunarli mazmuni .ONL domenlarini deyarli har qanday maqsad uchun mos qiladi. U tijorat saytlariga, internet do‘konlarga, yangilik va blog platformalariga, ijodiy loyihalarga, video va media kontentga, shuningdek shaxsiy sahifalarga birdek mos tushadi. .ONL domen makoni hali ham keng bo‘lib, qisqa va esda qoladigan ko‘plab nomlar mavjud.
Reyestr iRegistry GmbH zamonaviy xavfsizlik mexanizmlarini qo‘llaydi va .ONL domenlari uchun yuqori darajadagi himoyani, jumladan, ruxsatsiz kirishdan to‘liq himoyani ta’minlaydi. Qo‘shimcha ravishda domen egasi ishonchli administratorni tayinlab, nazoratni yanada kuchaytirishi va maxfiylikni saqlashi mumkin.
iRegistry GmbH jamoasiga ishonch va hamkorlik uchun, shuningdek taqdim etilgan maxsus promo kampaniyasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz mavjud domen zonalari ro‘yxatini kengaytirishda davom etamiz va abonentlarimizning onlayn loyihalari uchun yangi imkoniyatlarni ochamiz.
