aHOST kompaniyasi .cc domen zonasiga toʻgʻridan toʻgʻri akkreditatsiya oldi, buning natijasida roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish narxi 212900 dan 150000 soʻmgacha kamaydi. Bu xalqaro miqyosda eng universal va talab yuqori bo‘lgan zonalardan birini bizning abonentlarimiz uchun yanada qulay qiladi.
.cc domeni Kokus orollarining cctld domeni hisoblanadi, biroq yillar davomida u global va turli yo‘nalishdagi loyihalar uchun universal kengaytmaga aylandi. Uning ixchamligi, sodda tuzilishi va qat’iy cheklovlarning yo‘qligi .cc domenini texnologik startaplar, onlayn-servislar, ta’lim platformalari, kreativ loyihalar va jamoalar orasida mashhur qildi.
Qiziqarli jihati shundaki, .cc domeni 90-yillarning oxiridayoq mashhurlashishni boshlagan — xalqaro internet platformalari uning erkin va moslashuvchan tabiatiga e’tibor qaratgan. Vaqt o‘tishi bilan uni o‘yin loyihalari, sport saytlar, kripto jamoalar va striming xizmatlari faol qo‘llay boshladi. Ayrim mamlakatlarda .cc community yoki creative community so‘zlarining qisqartmasi sifatida qabul qilinib, media va onlayn jamoalarda yanada ommalashdi. Shuningdek, .cc zonasi barqaror texnik infratuzilmasi va ishonchliligi bilan tanilgan bo‘lib, uning global bozorga mustahkam kirib borishiga yordam berdi.
.cc qisqa yakuni tufayli yodda qolishi oson va xalqaro brending uchun juda mos. Ko‘plab kompaniyalar uni band bo‘lgan yoki qimmat domen zonalariga zamonaviy alternativa sifatida tanlab, loyihalarni tezroq va moslashuvchan tarzda ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Narxning pasaytirilishi .cc domenini qisqa, jarangdor va kuchli domen nomini izlayotganlar uchun ajoyib imkoniyatga aylantiradi. Eng yaxshi nomlar hali bo‘sh paytda mos variantni tanlab olish uchun ayni vaqt.
