Amazon Registry domen zonalari bo‘yicha akkreditatsiyadan o'tishi va maxsus narxlar ishga tushirilishi

Nashr sanasi: 
27.11.2025

Biz xalqaro domen xizmatlarini rivojlantirishda yangi bosqichni ochmoqdamiz. aHOST kompaniyasi Amazon Registry akkreditatsiyasidan o‘tdi va endi dunyodagi eng innovatsion ekotizimlardan biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.

 

Har bir Amazon domen zonasi keng raqamli makonning bir qismi sifatida yaratilgan bo‘lib, unda texnologiyalar, hamjamiyatlar, shaxsiy loyihalar va global brendlar uchun joy mavjud. Endi bu imkoniyatlar bizning abonentlarimiz uchun ham ochiq. Biz ularni vositachilarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiyalar orqali, boshlang‘ich ro‘yxatdan o‘tishlar uchun maxsus shartlar bilan uladik.

 

Baʼzi Amazon zonalari aksion narxlarda mavjud bo‘lib, bu qisqa va kuchli domen nomini olish uchun juda yaxshi imkoniyat yaratadi. Bunday domen nomi loyihani birinchi qarashdayoq ajratib turadi.

 

Amazon domen zonalari va ularning qo‘llanilishi

Domen zonasi Yillik standart narx Ro‘yxatdan o‘tish aksiya narxi Kimlar uchun mos
.bot 864000 so‘m 378000 so‘m AI servislar, chatbotlar, qo‘llab quvvatlash platformalari, avtomatlashtirish
.deal 518000 so‘m 198000 so‘m Onlayn do‘konlar, chegirma xizmatlari, savdo maydonchalari, marketplace loyihalari
.free 518000 so‘m 198000 so‘m Promo loyihalar, sinov xizmatlari, bepul takliflar
.hot 518000 so‘m 306000 so‘m Ko‘ngilochar xizmatlar, trendlar, tadbirlar, media
.moi 345000 so‘m 117000 so‘m Shaxsiy saytlar, portfellar, bloglar, shaxsiy brending
.now 518000 so‘m 198000 so‘m Yangiliklar, dolzarb loyihalar, striming xizmatlari, tezkor servislar
.spot 518000 so‘m 117000 so‘m Tadbir maydonchalari, hamjamiyatlar, tematik loyihalar
.fast 388000 so‘m Aksiya yo‘q Yetkazib berish xizmatlari, yuqori tezlikdagi texnologiyalar, faol startaplar
.talk 518000 so‘m Aksiya yo‘q Aloqa platformalari, podkastlar, media, bloglar
.you 302000 so‘m Aksiya yo‘q Shaxsiy loyihalar, ism brendingi, shaxsiy portallar

 

Ushbu domenlar kuchli g‘oyalar va o‘zini ortiqcha so‘zlarsiz namoyon qilmoqchi bo‘lgan loyihalar uchun yaratilgan. Har bir Amazon zonasi loyiha mohiyatini domen nomining o‘zidayoq aks ettirishga yordam beradi.

 

Biz bu imkoniyatlarning abonentlarimiz uchun ochilganidan mamnunmiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan xalqaro zonalar ro‘yxatini kengaytirishda davom etamiz.

 

Ro‘yxatdan o‘tish aHOST saytida mavjud. Bizning jamoamiz yangi loyihangiz uchun eng mos domen nomini tanlashda har doim yordam berishga tayyor.