ART zonasida yirik aksiyamiz: bir milliondan ortiq premium domenlar faqat shu juma kuni standart narxda mavjud

Nashr sanasi: 
27.11.2025

aHOST kompaniyasi .ART domen zonasida yilning eng yirik aksiyalaridan birini boshlayotganini e’lon qiladi. Biz ushbu aksiyada .ART akkreditatsiyadan o‘tgan registrar sifatida ishtirok etamiz va domenlarni vositachilarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazamiz. Shu tufayli abonentlarimiz eng dolzarb takliflar va eng past narxlarga birinchi bo‘lib ega bo‘ladilar.

 

Bir milliondan ortiq premium toifadagi domen nomlari standart narxda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ochiq bo‘ldi. Faqat shu juma kuni aHOST abonentlari .ART domenlarini alohida shartlar asosida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu imkoniyat qayta takrorlanmasligi mumkin.

 

Aksiya davrida .ART domenini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 37000 so‘mni tashkil qiladi. Yaqin vaqtgacha premium toifaga kirgan va ancha qimmat bo‘lgan ko‘plab domen nomlari endi minimal narxda mavjud.

 

Ochilgan domenlar orasida kuchli, qisqa va esda qolarli nomlar ko‘p. Masalan, AIGROUP.ART, CYBERHOTEL.ART, GOPAINT.ART, SMARTTEEN.ART va yana ko‘plab ijodiy loyihalar, studiyalar, mualliflar, startaplar va professional jamoalar uchun mos variantlar mavjud.

 

Aksiya ilgari yuqori narx sabab mavjud bo‘lmagan sifatli .ART domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Eng yaxshi variantlar odatda birinchi bo‘lib egallanadi, shuning uchun qiziqqan domenlarni oldindan tekshirishni tavsiya qilamiz.