Biz .ECO domen zonasida domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri akkreditatsiyani oldik

Nashr sanasi: 
23.12.2025

.ECO domen zonasi global ekologik harakatni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus yaratilgan hamjamiyatga yo‘naltirilgan yuqori darajali domen hisoblanadi. Bu shunchaki domen nomi emas, balki sayyora uchun ijobiy o‘zgarishlar ustida ishlayotganlar uchun ishonchli raqamli identifikatordir.

 

.ECO zonasi bir nechta muhim jihatlari bilan boshqa domen zonalaridan tubdan farq qiladi.

Birinchidan, .ECO bu hamjamiyat domenidir. U yetakchi ekologik tashkilotlar konsorsiumi bilan maslahatlashgan holda yaratilgan va ekologik tashabbuslar, barqaror rivojlanish hamda ijtimoiy mas’uliyatni qo‘llab-quvvatlashga to‘liq yo‘naltirilgan.

Ikkinchidan, ishonch. .ECO domeni faqat atrof-muhit uchun ijobiy o‘zgarishlar bilan real shug‘ullanayotganlar uchun mo‘ljallangan. Har bir domen egasi .ECO profilini yaratishi, o‘z ekologik maqsadlarini ochiq bayon qilishi va ekologik harakatlarga sodiqlik majburiyatini qabul qilishi shart. Bu yondashuv ushbu zonadagi saytlarga nisbatan yuqori darajadagi ishonchni ta’minlaydi.

Uchinchi jihat, shaffoflik. .ECO ning asosiy maqsadlaridan biri greenwashing va noto‘g‘ri axborotga qarshi kurashishdir. .ECO profili hamjamiyat a’zolariga o‘z faoliyati va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi haqida ochiq ma’lumot berish imkonini yaratadi. Reestrning o‘zi ham ushbu tamoyillarga amal qiladi va o‘z ta’siri hamda hissasini ommaviy ravishda namoyish etadi.

To‘rtinchidan, uglerod neytralligi. .ECO dunyodagi kam sonli uglerod neytral domen reyestrlaridan biridir. Domenlarni boshqarish natijasida yuzaga keladigan iqlimga ta’sir kompensatsiya qilinadi va bu atrof-muhitni himoya qilish missiyasiga to‘liq mos keladi.

 

.ECO domeni barqaror rivojlanish qadriyatlarini baham ko‘radigan bizneslar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan. 2008 yildan buyon zona global ekologik hamjamiyat bilan hamkorlikda rivojlanib kelmoqda va bugungi kunda 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Loyiha ekologik faollar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Conservation International, United Nations Global Compact, NRDC, Greenpeace va World Business Council for Sustainable Development kabi tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

.ECO domen zonasining operatori Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan Big Room Inc. kompaniyasidir.

.ECO domenlari notijorat tashkilotlar, jamoat harakatlari, ta’lim loyihalari hamda biznes tomonidan faol qo‘llaniladi. .ECO hamjamiyati ishtirokchilarining taxminan 75 foizini yirik xalqaro korporatsiyalardan tortib mahalliy barqaror brendlar, fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqaruvchilargacha bo‘lgan kompaniyalar tashkil etadi.

 

To‘g‘ridan to‘g‘ri akkreditatsiyani olish aHOST ga .ECO domenlarini reestr orqali bevosita, vositachilarsiz ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish imkonini beradi. Bu barqaror texnik integratsiya, shaffof jarayonlar va abonentlar uchun qulay foydalanishni ta’minlaydi. Akkreditatsiya tufayli .ECO domenini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 15 foizdan ortiq pasaytirildi. Bir yillik ro‘yxatdan o‘tkazish narxi 1 092 000 so‘mdan 910 000 so‘m ga tushirildi.

 

.ECO domenlarini ro‘yxatdan o‘tkazish allaqachon ushbu sayt orqali mavjud  https://clients.ahost.uz/cart.php?a=add&domain=register&w=1&tld=.eco

 

.ECO domenlarini targ‘ib qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish orqali biz birgalikda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va atrof-muhit holatini yaxshilashga hissa qo‘shamiz.