Hurmatli abonentlar!
Ayni paytda elektr ta’minotidagi nosozlik sababli bulut infratuzilmasi klasterlaridan birida avariya yuzaga kelganligi tufayli ayrim xizmatlar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Mutaxassislarimiz uskunalar va xizmatlar ish faoliyatini tiklash bo‘yicha zarur ishlarni olib bormoqda. Avariya oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etish va infratuzilmaning barqaror ishlashini tiklash uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
Tiklash ishlari yakunlangunga qadar sabr bilan kutishingizni so‘raymiz. Ishlarning borishi va xizmatlarning tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
