Hurmatli abonentlar!
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 04-oktyabrdagi PQ-5252-sonli qaroriga “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” muvofiq, agar xizmatlar aloqa xizmatlariga taalluqli bo‘lsa, my.soliq.uz mobil ilovasi orqali davlat soliq xizmati tomonidan keshbek taqdim etilmaydi.
Quyidagi xizmatlar aynan aloqa xizmatlari sifatida tasniflanadi va quyidagi MXIK kodlari bilan belgilanadi:
- 10306002007000000 — Xosting xizmatlari, shuningdek, server ijarasi xizmatlari
- 10306002008000000 — SSL sertifikatlarini berish xizmatlari
- 10306002006000000 — Domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari
- 10306002002000000 — Ma’lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlarni qayta ishlash, uzatish (shu jumladan uchinchi shaxslarga sotish), saqlash xizmatlari (elektron hujjat aylanishidan tashqari)
📌 Ushbu MXIK kodlari aloqa xizmatlariga kirgani sababli, ular bo‘yicha berilgan cheklar orqali soliq keshbeki qaytarilmaydi.
“chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi, bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklari mustasno;”
🔹 Shu bilan birga, kompaniyamiz o‘zining XP bonus tizimi orqali keshbeklarni taqdim etishda davom etadi — ularni shaxsiy kabinetda xizmatlar uchun to‘lov sifatida ishlatishingiz mumkin.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Hurmat bilan,
aHOST jamoasi