Biz O‘zbekiston hududidagi TAS-IX tarmog‘ida va Germaniyada xostingni taqdim etamiz

Bizdan siz O'zbekiston hududida va Germaniyada yuqori sifatli xostingni buyurtma berishingiz, UZ domen nomini yoki 1000 dan ortiq xalqaro domen zonalarida domen nomini ro'yxatdan o'tkazishingiz, virtual va jismoniy serverni ijaraga olishingiz, shuningdek, mashxur provayderlar SSL sertifikatlarini xarid qilishingiz mumkin. Bizning serverlarimiz O'zbekiston hududining TAS-IX tarmog'idagi va Germaniyadagi ma'lumotlar markazida joylashgan.

Buyurtma berish uchun sizni qiziqtirgan xizmatni tanlang va buyurtma tugmasini bosing. Agar buyurtma berishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, bizga qo'ng'iroq qiling, bizning mutaxassislarimiz sizga albatta yordam beradilar.

 

Yangiliklar

[02.06.2025]

Hurmatli abonentlar!

Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, endi yana UPay to‘lov tizimi orqali xizmatlarimiz uchun to‘lov amalga oshirish mumkin. Endi siz domenlar, xosting, SSL va boshqa xizmatlar uchun to‘lovni tez va qulay tarzda UPay orqali bajara olasiz.

UPay orqali to‘lov qilganingizda, ularning shartlariga muvofiq sizga keshbek (pulni qaytarish) taqdim etiladi. Bu to‘lovni yanada foydaliroq qiladi!

To‘lovni shaxsiy kabinetda yoki buyurtma rasmiylashtirish vaqtida amalga oshirishingiz mumkin.
Savollar tug‘ilsa, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati doimo aloqada.

batafsil
 
[08.05.2025]

Aziz vatandoshlar va qadrli mehmonlar!

Sizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Erkinlik va tinchlik yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasi abadiy va muqaddas bo’lsin.

Vatan ozodligi uchun kurashgan barcha fidoyilarni, avlodlarini hamda butun xalqimizni ushbu muhim sana bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Barchangizga tinch va musaffo osmon, farovonlik, mustahkam sog‘liq va ravnaq tilaymiz!

 

Bayram munosabati bilan, 08.05.2025 kuni ish kuni qisqartiriladi, ofis 17:00 gacha ochiq bo‘ladi.

batafsil
 
[08.05.2025]

Hurmatli abonentlar!

Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 04-oktyabrdagi PQ-5252-sonli qaroriga

“Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” muvofiq,

agar xizmatlar aloqa xizmatlariga taalluqli bo‘lsa, my.soliq.uz mobil ilovasi orqali davlat soliq xizmati tomonidan keshbek taqdim etilmaydi.

Quyidagi xizmatlar aynan aloqa xizmatlari sifatida tasniflanadi va quyidagi MXIK kodlari bilan belgilanadi:

batafsil
 
[07.05.2025]

Hurmatli abonentlar!

Raqamli hukumatning Yagona foydalanuvchini identifikatsiya qilish tizimi — ONEID (id.egov.uz) yana faoliyatini tikladi.

 

Endilikda siz yana ONEID orqali ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish imkoniyatidan clients.ahost.uz mijozlar kabinetida foydalanishingiz mumkin.

 

Agar ONEID orqali kirishda savollar yoki muammolar yuzaga kelsa, texnik yordam xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin — biz har doim sizga yordam berishga tayyormiz.

aHOST xizmatlaridan foydalanganingiz uchun tashakkur!

batafsil
 
[07.05.2025]

Hurmatli hamkorlar, abonentlar va IT sohasining fidokor mutaxassislari!

Sizni Aloqa xodimlari va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Bugungi kunda biz jamiyatimizning eng muhim sohalaridan birini — aloqa, internet, raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligini ta'minlovchi mutaxassislarni qadrlaymiz. Sizning mehnatingiz tufayli insonlar, hududlar va mamlakatlar o‘rtasida raqamli ko‘priklar quriladi, iqtisodiyot rivojlanadi va kelajak shakllanadi.

aHOST jamoasi AKT sohasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi — professionalligingiz, mas'uliyatingiz va axborot jamiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissangiz uchun rahmat!

Sizga mustahkam sog‘liq, yangi yutuqlar, texnologik muvaffaqiyatlar va barqaror aloqa tilaymiz!

batafsil
 
[07.05.2025]

Hurmatli abonentlar!

2025-yil 1-iyundan boshlab arxiv virtual xosting tarif rejalari narxi oshiriladi. Ushbu tariflar ro‘yxati bilan quyidagi sahifada tanishishingiz mumkin: https://www.ahost.uz/uz/hosting/deprecated.

Yangi narxlar faqat eski tariflardan foydalanuvchi va 1-iyundan keyin xizmatni uzaytiruvchi abonentlarga tegishli bo‘ladi.

Agar siz xizmat muddatini 1-iyungacha uzaytirsangiz, eski narx saqlanib qoladi.

batafsil
 
[29.04.2025]

2025-yil 29-aprel kuni Toshkent shahrida milliy .UZ domen zonasining 30 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi sifatida Yagona integrator UZINFOCOM chiqdi.

Konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Chexiya, Hindiston va boshqa ko‘plab mamlakatlardan mehmonlar va ishtirokchilar qatnashdi. Spikerlar domen boshqaruvi, raqamli transformatsiya va IT-infratuzilma sohalaridagi dolzarb tendensiyalar va yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi.

SUVAN NET kompaniyasi, ya'ni aHOST brendi ostida tanilgan brendimiz ham ushbu tadbirda ishtirok etdi. Bizning bosh direktorimiz Suvanov Artur konferensiyada spiker sifatida so‘zga chiqdi.

U o‘tgan yildagi asosiy yutuqlarimiz haqida so‘zlab berdi:

  • Toshkentda o‘zimizning ma'lumotlar markazini ishga tushirish;
  • ICANN akreditatsiyasini olish — SUVAN NET O‘zbekistondagi birinchi ICANN-registratoriga aylandi;
  • alldomains.uz platformasining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi — xalqaro domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zamonaviy yechim.

.UZ domen zonasining rivojiga va O‘zbekistonning raqamli ekotizimiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyati uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

.UZ zonasining yubileyi bilan barchani tabriklaymiz! Sizga yangi yutuqlar va raqamli makonda barqaror taraqqiyot tilaymiz!

batafsil