
aHOST Markaziy Osiyoda Google Registry tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya olgan birinchi kompaniya bo‘lib, bu butun mintaqa internet makoni uchun yangi imkoniyatlar bosqichini ochadi.
Endi biz Google domenlarini vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazamiz va abonentlarimizga app, boo, channel, day, dev, how, new, page, meme, ing, rsvp, soy, みんな, foo, zip, mov, nexus, dad, phd, prof va esq kabi zamonaviy domen zonalariga to‘liq kirishni taqdim etamiz.
Bu voqea Google’ning texnologik domenlarini har qachongidan yaqinroq qildi va istalgan loyiha uchun global darajaga tezda chiqish imkonini yaratdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya tufayli asosiy domen zonalari narxlarini 40 foizgacha tushirishga muvaffaq bo‘ldik, bu esa yangi loyihalarni boshlashni yanada qulay va foydali qiladi.
Google domenlari faqat HTTPS himoyalangan protokoli orqali ishlaydi va aHOST orqali ro‘yxatdan o‘tgan barcha saytlar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bu muhim qadam aHOST’ning mintaqadagi domen sanoati yetakchisi sifatidagi pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi.